❗️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan 166-maktab binosida Yashnobod mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
📌Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mahalladagi obodonlashtirish ishlari, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l va infratuzilma holati hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.
✅Uchrashuv yakunida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot tayyorlash belgilandi. Bunday muloqotlar aholi bilan doimiy aloqani ta’minlash va hududdagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilmoqda.