📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Abduvaliyeva Mamlakat Ahmedovna tomonidan tuman hokimligiga navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.
❗️Deputat so‘rovida Bunyodkor mahallasi Mo‘ynoq ko‘chasi bo‘yida joylashgan bo‘sh yer maydonida aholi va bolalar uchun saylgoh, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari hamda yashil hududlar barpo etish masalasi ko‘tarildi.
📝Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlardan mazkur masalani atroflicha o‘rganish, loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
✅ Deputat so‘rovining ijrosi va ko‘rilgan chora-tadbirlar deputatlik nazoratiga olingan.