Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik faoliyatini zarur kanselyariya vositalari bilan ta’minlash masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida tuman hokimligi faoliyatini zarur moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq, tuman hokimligi ishchi xodimlarining kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida kanselyariya mollari hamda oq qog‘oz xarid qilish uchun mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hisob-kitoblar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida kanselyariya mollari xaridi uchun 5 million so‘m, oq qog‘oz xaridi uchun 15 million so‘m, jami 20 million so‘m mablag‘ni tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratish taklifi atroflicha tahlil qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur mablag‘lar hokimlik apparati faoliyatini uzluksiz tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash sifatini ta’minlash hamda xizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarurligi inobatga olinib, masala yuzasidan tegishli xulosa berildi.

📍 Yakunda ushbu mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1