Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Fuqarolar muammosi — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning dolzarb muammolariga yechim topish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Jumladan, Andijon shahar hokimining “Farobiy” MFYda o‘tkazilgan fuqarolar qabulida kelib tushgan murojaat asosida “Gumbaz” MFY Konstitutsiya ko‘chasi 41-uyda yashovchi fuqaro Shoxsanam Xusanovaning xonadonida yuz bergan yong‘in holati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yil 3-fevral kuni sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida xonadon jiddiy zarar ko‘rgan. Ushbu holat mutasaddi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan va deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga deputat so‘rovi kiritilib, fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash hamda yong‘indan zarar ko‘rgan uy-joy qismlarini ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda 10 kun muddatda ma’lumot taqdim etilishi nazoratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, deputat so‘rovlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Fuqarolar manfaatini himoya qilish va ularning muammolariga yechim topish — asosiy vazifamiz!

Slide 1 of 2