Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni manzilli hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi shaxsiy qabul jarayonida Andijon shahar “Yorboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodimi hamrohligida fuqaro A.Tillaboyeva murojaati yuzasidan bevosita o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Murojaat mazmuniga ko‘ra, “Yorboshi” MFY, Shimoliy ko‘chasi 1-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Tillaboyevaning yashash xonadonida yong‘in hodisasi sodir bo‘lib, buning oqibatida oila og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida dastlabki o‘rganishlar o‘tkazilib, fuqaroning haqiqiy ahvoli, zarur ehtiyojlari va ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan yordam turlari aniqlandi. Shundan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqaroga ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish maqsadida Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga 61-kx-255-26-sonli aloqa xati yuborildi.

Hozirda ushbu murojaat ijrosi alohida nazoratga olingan bo‘lib, fuqaroning muammosini ijobiy hal etish, unga zarur moddiy va ijtimoiy yordamlarni yetkazish yuzasidan tegishli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Fuqarolarning dardu tashvishlariga befarq bo‘lmaslik, ularning muammolarini joyida o‘rganib, amaliy yechim topish – deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2