Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING HUQUQIY KAFOLATLARI O‘RGANILDI

TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING HUQUQIY KAFOLATLARI O‘RGANILDI

✔️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Murodova Qo‘rg‘oncha mahallasi yettiligi bilan hamkorlikda mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📊Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil
2-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni (yangi tahriri) mazmun-mohiyati keng tushuntirildi hamda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡️Muloqot jarayonida tadbirkorlarga mazkur qonunda belgilangan huquqiy kafolatlar, jumladan:
➡️tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish;
➡️davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish;
➡️noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik;
➡️tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
➡️mulk daxlsizligi va investitsiyalarning himoyasi;
➡️tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

💠Shuningdek, uchrashuv davomida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning mavjud muammolari, ularni qiynayotgan masalalar va takliflari tinglanib, tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔷Mazkur o‘rganish ishlari tadbirkorlik subyektlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda hududda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan muloqotlar va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1