Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Dastur asosida ta’mirlanadigan ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda 19-Baxmal saylov okrugi deputati N.Sulaymonov o‘z saylov okrugi hududidagi G‘alaba mahallasi Yangihayot ko‘chasida bo‘lib, yaqin kunlarda dastur asosida ta’mirlanishi rejalashtirilgan ichki yo‘llar holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

Deputatlar tomonidan mazkur ishlarning sifatli amalga oshirilishi, qurilish me’yor va talablariga to‘liq rioya etilishi hamda ta’mirlash jarayonining har bir bosqichi doimiy nazorat ostida bo‘lishi ta’kidlandi.

Mazkur yo‘llarni ta’mirlash ishlari yakunlangach, mahalla aholisi uchun transport va piyodalar harakati yanada qulaylashadi, hududning obodonlashuvi hamda infratuzilmalar yaxshilanishigaham xizmat qiladi. Deputatlar tomonidan bunday bunyodkorlik ishlari ijrosi kelgusida ham doimiy nazorat qilib boriladi.

Slide 1 of 4