❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Xudayarov Baxrom Ziyavutdinovich tumandagi "Jarqo‘rg‘on" mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📉 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mazkur uchrashuvda mahalla ahli tomonidan hududni yanada rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasidagi bir qator dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, suhbat davomida mahalla infrastrukturasini rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan band qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰 Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda aytilgan har bir taklif va murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olindi. Aniqlangan kamchiliklarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilandi.