📌Bugun xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
💻 Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan yig‘ilishda quyidagi masala ko‘rib chiqildi:
Yashnobod tumanida “Dolzarb 90-kun” tadbirlari doirasida, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini yozgi ta’til davrida mahallalarda va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Komissiya a’zolari hisobotni atroflicha tahlil qilib o‘z fikrlarini bildirdilar. Yakunda deputatlar tomonidan sohaga oid aniq taklif va tavsiyalar berildi.