Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi

  Mahalliy kengash deputatlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida o‘z okrugi-hududidagi aholi vakillari bilan ijtimoiy
masalalarda muloqotlar olib bormoqdalar. Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga “15-Hamza” saylov okrugidan deputat Komiljon Imomnazarov hamda “Adolat” SDP Uchko'prik tuman kengashi raisi Nuriddin Soliyev “Begobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahallalarda yashovchi aholi vakillari bilan uchrashdi.
 

Aholi bilan muloqot jarayoni: deputat mahalla aholisi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, ularning muammolarini tingladi. Deputat tomonidan “Begobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Meliboyeva Turg'unoy va Abduraxmonov Hurshidjonning moddiy yordam masalasidagi murojatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. 

🔹 Mahalla mas’ullari bilan hamkorlik: Ko‘tarilgan muammolar va takliflar hududdagi “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganiladi. 

Deputat so‘rovlari yuborilib, muammolarni mahalliy budjet yoki hududiy dasturlar doirasida ijobiy hal etish choralari ko‘riladi. 

📌 Eslatma: Okrug hududingizdagi mahalliy Kengash deputatlari ro‘yxati, qabul kunlari va ularning bog‘lanish ma’lumotlari bilan tanishish hamda o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat yuborish uchun E-kengash yagona elektron tizimidan
foydalanishingiz mumkin.
    

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1