Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Deputat mahalla ahli bilan uchrashdi: Muammolar tinglandi va yechimlar belgilandi
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
Deputatlar va saylovchilar uchrashuvi — ochiq muloqot maydoni

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan 2026-yil iyun oyida o‘tkaziladigan uchrashuvlari jadvali tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq deputatlar o‘z saylov okruglarida fuqarolar bilan bevosita uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tinglaydilar.

Mazkur uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
Aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish;
Hududlardagi mavjud muammo va kamchiliklarni joyida o‘rganish;
Murojaatlarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish;
Deputatlik nazoratini kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish.

Uchrashuvlar davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslari bilan bevosita deputatlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hurmatli fuqarolar!

Sizni belgilangan jadval asosida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda faol ishtirok etishga, hududingizdagi dolzarb masalalar va takliflaringizni deputatlarga yetkazishga chorlaymiz.

Murojaatlar uchun telefon: +998 73 542 34 66

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7