Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla ahli bilan uchrashdi: Muammolar tinglandi va yechimlar belgilandi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda “Yangi yo‘l” saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashev o‘zi saylangan okrugdagi “Yangikent” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni hal etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mahalla infratuzilmasi holati muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat jarayonida hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur topshiriqlar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev #A_Ergashev

Slide 1 of 2