❗️1941–1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida mehnat qilib, front ortida fidokorona xizmat qilgan, 1928 yilda tug‘ilgan Yashnobod tumani Navro‘zobod mahallasi, Aviasozlar 4-mavze, 24-uyda yashovchi mehnat faxriysi Seleznyova Lyubov Ivanovnaga 9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi hamkorligida "mahalla yettiligi" hamda tuman Kengashi deputati B. Xudoyarov tomonidan nogironlik aravachasi topshirildi.
✅Keksa avlod vakillariga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish hamda munosib sharoit yaratish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Faxriy onaxonga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va xotirjam hayot tilaymiz.