📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Pulatov Xayrulla Lutpullayevich Muxtor Ashrafiy mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
❗️Uchrashuv davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar holati, ko‘p qavatli uylarning texnik va sanitariya ahvoli, shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
🔰Deputat tomonidan aholi murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish masalalari muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yashash sharoitlarini yanada barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.
📍 Mazkur o‘rganish ishlari aholi bilan ochiq muloqot asosida davom ettirilishi belgilandi.