Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas. Bugun biz tinch va osuda kunlarimiz uchun jon fido qilgan ajdodlarimizning jasoratini yod etish va hayot bo‘lgan faxriylarimizga ehtirom ko‘rsatish bayramidamiz.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari B. Xudayarov, A.Kerimov hamda “Maxmur” mahalla raisi A. Abdukadirov, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, faxriy Fedin Fedor Semenovich xonadonida bo‘lishdi.
Tashrif davomida otaxonga deputatlardan esdalik buyumlari topshirildi.
Yosh avlod vakillari ishtirokidagi bu uchrashuv bizga tinchlikning naqadar aziz ne’mat ekanligini yana bir bor eslatdi.
Bobolarimizning jasorati qalbimizda mangu yashaydi!