Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriysi holidan xabar olindi 🎖
янв.21
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ehtirom va e’tibor
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati M.Mirsaidov "Do‘stobod" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ekologiya, atrof-muxitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovini yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zosi - Ruziyev Umid Sayitovich, "Tarnovboshi" mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Muxtor Ashrafiy mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O'zbekiston Ekologik partiyasi a'zosi - Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Muxtor Ashrafiy mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Hududiy o‘rganishlar – aholi manfaatlari va amaliy natijalar sari muhim qadam
янв.21
Deputat mahallada: aholi bilan muloqot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Jazilov ishtirokida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

#Kengash_raisi_faoliyati 

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Jazilov ishtirokida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi 103 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida jami 53 723 nafar o‘quvchiga malakali pedagoglar tomonidan ta’lim-tarbiya berilayotgani ma’lum qilindi. Pedagog kadrlarning sifat tarkibi tahlil qilinib, ularning muayyan qismi oliy va birinchi toifaga ega ekani hamda umumiy sifat ko‘rsatkichi ijobiy darajada shakllangani qayd etildi.

Shuningdek, o‘quv yili yakunlariga ko‘ra bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinish ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishilgani ta’kidlandi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud ijobiy natijalarni mustahkamlash hamda tizimli ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3