Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriysi holidan xabar olindi 🎖
янв.21
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ehtirom va e’tibor
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati M.Mirsaidov "Do‘stobod" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ekologiya, atrof-muxitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovini yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zosi - Ruziyev Umid Sayitovich, "Tarnovboshi" mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Muxtor Ashrafiy mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O'zbekiston Ekologik partiyasi a'zosi - Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Muxtor Ashrafiy mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Hududiy o‘rganishlar – aholi manfaatlari va amaliy natijalar sari muhim qadam
янв.21
Deputat mahallada: aholi bilan muloqot
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 4-8-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

#Haftalik_ish_reja

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 4-8-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

Hisobot, (axborot)lar va muhokamalar

Tumandagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati to‘g‘risidagi masalani muhokama qilish

(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni muhokama qilish

(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Tumanda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulotda vaziyatlarni oldini olish va yog‘ingarchilik mavsumining salbiy oqibatlari (sel oqimi va boshqalar)ning oldini olish yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni muhokama qilish

(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya)

Tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish

(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Tumanda tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini muhokama qilish

(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

TASHKILIY MASALALAR

Navbatdagi 27-sessiya va doimiy komissiyalar majlislariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov)

Deputatlarga taqsimlangan qonunlarning joylardagi ijrosini nazorat qilishni tashkil etish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

Deputatlik faoliyatining eng muhim yigirma to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1