Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriysi holidan xabar olindi 🎖
янв.21
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ehtirom va e’tibor
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati M.Mirsaidov "Do‘stobod" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ekologiya, atrof-muxitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovini yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zosi - Ruziyev Umid Sayitovich, "Tarnovboshi" mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Muxtor Ashrafiy mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O'zbekiston Ekologik partiyasi a'zosi - Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Muxtor Ashrafiy mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Hududiy o‘rganishlar – aholi manfaatlari va amaliy natijalar sari muhim qadam
янв.21
Deputat mahallada: aholi bilan muloqot
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 11-Muqimiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.

Tashrif davomida qabriston hududlarining tozaligi, tartibga keltirilgani, yo‘laklar, daraxt va gulzorlarning parvarishi hamda umumiy sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari sifati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan ushbu maskanlarni yanada obod va fayzli saqlash, aholining muqaddas qadamjolarga hurmatini mustahkamlash, ayniqsa, bayram arafasida hududlarni tartibga keltirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4