Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОСИЛДОРЛИКНИ ОШИРИШ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ИШЛАР
янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari mahalliy Kengashidan saylangan, 21-O‘zbekiston saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri G.Shermatova bugun «Azamat» mahallasida bo‘lib, hududda kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini yaqindan o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, shu jumladan «Ijtimoiy reestr»ga kiritilgan oilalarning turmush sharoiti, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va amaliy yordamlarning sifati tanqidiy tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir oilaning muammolarini bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir davomida deputat tomonidan «Ijtimoiy reestr»dagi oilalarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va ijtimoiy kafolatlarning o‘z vaqtida hamda shaffof yetkazilishi qat’iy deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi. Bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida mahalla mas’ullariga aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 2