Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatida Kengashning navbatdagi 29-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Qo‘qon shahridagi 850 ta geografik obyekt — ko‘cha, tor ko‘cha va berk ko‘chalarni nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Qo‘qon shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Alimova bilan sessiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan qaror loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida qaror loyihasida aks ettirilgan ma’lumotlar, geografik obyektlarni nomlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda masalani sessiya muhokamasiga sifatli tayyorlash bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

️Shuningdek, qaror loyihasini yanada takomillashtirish, tegishli ma’lumotlarni aniqlashtirish va sessiyaga belgilangan tartibda kiritish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5