Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
O‘rda tagi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Raimdjanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Akbarova tomonidan 7-Bahrin saylov okrugi hududidagi “O‘rda tagi” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bandlikka muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3