Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obod yurt” mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

✅Bandixon tumanida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman Kengashining 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini o‘rgandi.

✅Nazorat-tahlil tadbiri “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–116-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. O‘rganish jarayonida mahalla faollarining aholi bilan ishlashi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.

✅Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahalla faoliyatining samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusida tegishli idoralar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Slide 1 of 1