Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Madaniyat saroyida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tumanning “Sari-Qangli” mahallasida joylashgan “Istiqlol” madaniyat saroyi hamda unda tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishdi.

🔺Madaniyat muassasasi to‘liq ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, binoning ichki va tashqi holati yaxshilangan. Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, mavjud jihozlar yangilangan. Bu esa madaniy tadbirlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish imkonini bermoqda. O‘rganish jarayonida madaniyat saroyida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda muassasaning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish holatiga ham e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, madaniyat saroyida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Kutubxonada kitobxonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kitoblarni mutolaa qilish va ulardan foydalanish uchun tegishli imkoniyatlar mavjud.

🔺Deputat tomonidan muassasada yaratilgan sharoitlar, mavjud jihozlar va kutubxona fondining holati ijobiy baholanib, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholiga madaniy-ma’rifiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4