Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #YangiO‘zbekistonQiyofasi

📌 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugida, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Chinor” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati, ish yuritish holati hamda aholining daromadlarini oshirish va ularni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi xonadonlarini o‘rganish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tahlil qilinib, hokim yordamchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

🤝 Deputatlik nazorati — hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3