Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish — ustuvor vazifa:

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish — ustuvor vazifa:

Qo‘shko‘pir tumanida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi
Mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom, barkamol va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquq hamda erkinliklarini ishonchli ҳimoya qilish
Davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Xususan, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va nazoratsizlikning barvaqt oldini olish borasidagi qonun ustuvorligini ta'minlashda deputatlik korpusi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati R. Ismoilova va advokat H. Muhammadjonov bilan hamkorlikda тумандаги 5-сонli umumiy o‘rta ta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-sonli “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining holati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida ta'lim muassasasida o‘quvchilarning darsga qatnashuvi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi hamda qonun hujjatlarida belgilangan profilaktik chora-tadbirlarning ijro etilish holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda o‘qituvchilar, ota-onalar va huquqshunoslarning o‘zaro hamjihatligini kuchaytirish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.

Slide 1 of 1