Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH — DOIMIY E’TIBORDA

FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH — DOIMIY E’TIBORDA

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori ijrosining tumandagi holatini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔎 O‘rganish davomida:
▫️ aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish;
▫️ favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar;
▫️ ehtimoliy xavflarni barvaqt aniqlash;
▫️ xavfli obyektlar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati;
▫️ ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha obyektlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi;
▫️ yong‘in xavfsizligi, evakuatsiya yo‘laklari va chiqish joylari;
▫️ yong‘inga qarshi vositalar va birinchi yordam jihozlari bilan ta’minlanganlik;
▫️ mas’ul xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligi o‘rganilishi belgilandi.

👥 Ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlarini tasdiqlangan savolnoma asosida amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

📋 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotni doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilish belgilandi.

⚠️ Favqulodda vaziyatlarning oldini olishda mavjud xavflarni oldindan aniqlash, profilaktik choralarni tizimli tashkil etish va obyektlarning tayyorgarligini muntazam nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi.