Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
DO‘RMONSOY MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI

 DO‘RMONSOY MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI
👤 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 28-saylov okrugi deputati Shukurov O‘tkirjon Normamatovich tomonidan Do‘rmonsoy mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi.
🤝 Ishchi guruh tarkibiga:
🔹 Shukurov O‘tkirjon — tuman Kengashi deputati
🔹 Mamatov Samandar — MFY raisi
🔹 Shukurov O‘ktam — hokim yordamchisi
🔹 Mamayusupov Nemat — ijtimoiy xodim
🔹 Mahmasodiqov Olimjon — yoshlar yetakchisi
🔹 Eshonqulova Jamila — xotin-qizlar faoli
🔹 Sanaqulova Ro‘zigul — otinoyi
kiritildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi ishsiz va kam daromadli oilalarni aniqlash, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
🏘 Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy infratuzilma holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
📌 Maqsad — har bir xonadon bilan manzilli ishlash, muammolarni aniqlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!