Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Qo‘shko‘pir tumanida sessiyaoldi o‘rganishlar olib borildi

Qo‘shko‘pir tumanida sessiyaoldi o‘rganishlar olib borildi

Mamlakatimizda davlat organlarining xalqqa yaqinlashishi, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ularning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda deputatlik nazorati qat’iy davom ettirilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi, deputatlar A. Erkinov va O. Karimovlar tomonidan navbatdagi sessiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida Xalq qabulxonasi va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati chuqur tahlil qilindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shko‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari v.b. R. Rajabovning axboroti dastlabki tarzda atroflicha ko‘rib chiqildi.
Sessiyaoldi o‘rganishlar davomida fuqarolarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etish, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini anglagan holda mas’ul idoralar faoliyatining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1