Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#doimiy_komissiya_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlari o‘rganildi

✅Bandixon tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda kriminogen barqarorlikni ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 12-“Obod yurt” saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Obod yurt" mahallasida bo‘lib, kriminogen holat va profilaktik tadbirlar samaradorligini o‘rgandilar.

✅Tashrif davomida "qizil" va "sariq" toifadagi ko‘chalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, profilaktik hisobda va probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda profilaktika inspektori va "mahalla yettiligi" o‘rtasidagi hamkorlik holati tahlil qilindi.

✅O‘rganishlar yakunida mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha soha mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1