Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi Z.Qaxxorovaning faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, aholi bilan xonadonbay ishlash, ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularning mavjud imkoniyat va qiziqishlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlashga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

🔺Shuningdek, fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilish, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali oilaviy daromadlarni oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Kambag‘al oilalar bilan ishlashda ularning muammolarini faqat moddiy yordam bilan hal qilish emas, balki barqaror daromad manbaini shakllantirishga qaratilgan choralarni belgilash muhimligi ta’kidlandi.

🔺Deputat tomonidan hokim yordamchisiga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish, ishsiz fuqarolarni manzilli o‘rganish, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1