Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Istirohat bog‘idagi qurilish ishlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat, tuman hokimi J.Axmedov tumanning markazida barpo etilayotgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi.

🟢O‘rganish davomida obyektda qurilish ishlarining yakuniy bosqichi olib borilayotgani, hududni zamonaviy va qulay dam olish maskaniga aylantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi. Xususan, bog‘ hududida aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida piyodalar yo‘laklariga bruschatka yotqizish ishlari davom ettirilmoqda. Yo‘laklarni sifatli barpo etish, ularning tekisligi va piyodalar uchun xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Shuningdek, bog‘ hududidagi ayrim obyekt va inshootlarda bo‘yoqlash ishlari olib borilib, hududning tashqi ko‘rinishi va obodligi yaxshilanmoqda. Bog‘ni ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham davom ettirilib, yashil hududlarni kengaytirish va tashrif buyuruvchilar uchun yanada xushmanzara muhit yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Aholining dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

🟢Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash, piyodalar yo‘laklarining qulayligi va xavfsizligini ta’minlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3