Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“At-Termiziy” mahallasida fuqaroning tadbirkorlik tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi xonadonlaridagi ijtimoiy va iqtisodiy holatni o‘rganish, fuqarolarning muammolari hamda takliflarini aniqlash maqsadida xonadonlarga tashrif amalga oshirildi.

Jumladan, Bog‘i Rahmat ko‘chasi, 20-A-uyda yashovchi M.Mamajonovaning xonadonida oilaning mavjud holati va ehtiyojlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida oila a’zosi D.Mamajonov bilan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirib, o‘z tashabbusini amalga oshirish uchun moliyaviy ko‘makka ehtiyoji borligini ma’lum qildi.

Fuqaroning tadbirkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalla hokim yordamchisi bilan hamkorlikda masala o‘rganilib, unga imtiyozli kredit ajratish masalasi hal etildi.

Mazkur amaliy ko‘mak orqali fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, o‘zining doimiy daromad manbasini shakllantirishi hamda oilaviy daromadini oshirishiga imkoniyat yaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3