Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#162_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Madaniyat” MFY hududida joylashgan OShP binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida doimiy komissiya a’zosi A. Mamadayev, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov, Toyloq tumani tibbiyot birlashmasining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi M. O‘runov hamda qurilish bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyiha uchun jami 1 milliard 750 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
O‘rganish davomida binoda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining amaldagi holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Rekonstruksiya ishlarining belgilangan muddatlardan ortda qolayotganligi qayd etilib, mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, jarayonni amaldagi talablar asosida tashkil etish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, obyekt atrofini obodonlashtirish, hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4