Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Saylovchilar tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning ayrim qismlari ta’mirtalab holatda ekani, ayniqsa, kuz-qish mavsumida fuqarolar uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirildi. Mazkur muammoni bartaraf etish, yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ayrim xonadonlarda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani, suv bosimi pastligi hamda eskirgan suv tarmoqlarini ta’mirlash zarurligi yuzasidan fuqarolar o‘z murojaatlarini bildirdilar. Ushbu masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib, amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash kabi masalalar ham muhokama qilindi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning qonuniy hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha kelishib olindi.