Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔹 Mahalladagi ishlar — doimiy e’tibor va nazoratda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Bog‘iobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganish jarayonida mahalla hokim yordamchisi T. Jumaniyozov hamda yoshlar yetakchisi O. Temirovlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📌 Jumladan, mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik va turli loyihalarga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🌱 Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla hududini obodonlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

💬 O‘rganish davomida mas’ullar bilan mavjud muammolarni manzilli hal etish, belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
✨ Mahalla — islohotlarning eng quyi, ammo eng muhim bo‘g‘ini. Undagi har bir muammo va har bir murojaatga e’tibor qaratish, aholi farovonligi yo‘lida amaliy natijaga erishish muhim vazifadir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3