Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Tumanlararo 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseridagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan yuborilgan o'rganish xatiga Tumanlararo 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri ma’muriyati tomonidan javob taqdim etildi.
Javobda dispanser binolari 2024-yilda joriy ta’mirlangani, tom qismi, deraza va eshiklar, suv va kanalizatsiya tarmoqlari, elektr ta’minoti hamda hudud yoritish tizimlari yaxshi holatda ekani qayd etilgan. Shuningdek, bino hududi va xonalari videokuzatuv tizimi bilan ta’minlangan.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 2 dona isitish uzeli ta’mirlanib, yuqori bosimda yuvilgan, ushbu ishlar uchun dispanserning o‘z mablag‘lari hisobidan 7 mln 900 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Shuningdek, elektr ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida 25 kVt/soat quvvatli quyosh paneli o‘rnatilgan, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilangan va zamonaviy hisoblagichlar hamda raqamli billing tizimi joriy etilgan.
O‘rganish davomida kuz-qish mavsumida markazlashgan issiqlik ta’minotida suv bosimi va harorat bilan bog‘liq muammolar mavjudligi ham qayd etilgan. Mazkur masala yuzasidan hududiy issiqlik ta’minoti korxonasiga murojaatlar yo‘llangani ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va xodimlarni tegishli holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha ham zarur choralar ko‘rilmoqda.
Xat asosida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari kelgusida mavjud muammolarni bartaraf etish va tibbiy xizmatlar uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1