Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining VII-24-19-9-127-K/26-sonli qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va qarorda nazarda tutilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Sardoba tumanining Ravot va Yurtdosh mahallalarida vorkaut maydonchalarini tashkil etish, qurilish materiallari hamda sport anjomlarini xarid qilish va o‘rnatish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev tomonidan amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida, avvalo, Xalq deputatlari tumani Kengashining VII-24-19-9-127-K/26-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi, qaror asosida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi hamda qaror talablarining amalda ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Kengash qaroriga asosan Ravot va Yurtdosh mahallalarida vorkaut maydonchalarini tashkil etish, zarur qurilish materiallari va sport anjomlarini xarid qilish hamda o‘rnatish xarajatlari uchun 450,0 mln so‘m (to‘rt yuz ellik million so‘m) mablag‘ ajratilishi belgilangan. O‘rganish davomida mazkur qarorda belgilangan mablag‘larning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi, amalga oshirilayotgan ishlar qaror talablariga muvofiqligi, xarid qilinayotgan sport anjomlari va qurilish materiallarining belgilangan vazifalarga mosligi hamda yaratilgan infratuzilmaning aholi, ayniqsa yoshlar uchun xizmat qilishi masalalari o‘rganildi. Shuningdek, Kengash qarorida belgilangan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirish, ajratilgan byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarning faoliyatiga deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 5