Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Yangi diyor” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar qurilishi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev, 10-“Yangiyer” saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov Tursunqul, shuningdek, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh. Shoymardanov va B. Xoliqov ishtirokida “Yangi diyor” mahallasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, belgilangan loyiha ko‘rsatkichlari hamda qurilish jarayonining borishi bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur loyiha “ME’MOR INTER STORY” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha uchun jami 7,0 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, 2026–2027-yillar davomida hududda 28 ta 5 qavatli ko‘p xonadonli turar joy binosi barpo etilishi rejalashtirilgan. Har bir binoda 20 ta xonadon joylashadi.

Bugungi kunga qadar 10 ta 5 qavatli turar joy binosi qurib bitkazilgan. Hozirda mazkur binolarda ichki va tashqi pardozlash hamda fasad ishlari davom ettirilmoqda.

Deputatlar tomonidan qurilish jarayonining belgilangan loyiha va sifat talablariga muvofiqligi, ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda kelgusida aholi uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini deputatlik nazorati ostida kuzatib borish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning o‘z vaqtida hal etilishiga ko‘maklashish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2