Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev va tuman deputati G‘.Saitboyevlar tomonidan Otayurt mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” a’zolarining mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mahallada osoyishtalik va jamoat tartibini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” faoliyatini yana-da samarali tashkil etish, aholi murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mahallada aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2