Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
QASHQAR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 QASHQAR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Meliboev hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar
yig‘inining Qashqar ko‘chasida mavjud muammolarni o‘rganildi.
 

Ko‘chaboshi K.Yunusov bilan birgalikda Qashqar ko‘chasi hududini aylanib,
muammolarni o‘rgandi.
 

O‘rganish davomida ko‘chaboshi K.Yunusov va aholi Qashqar ko‘chasiga kirish
qismida joylashgan 3 ta beton elektr ustuni yo‘lning chap tomonida qolib
ketgani, yangi tortib o‘tkazilgan elektr tarmog‘i esa yo‘lning o‘ng tomonidan
o‘tkazilgani, yo‘lni kengaytirilishi natijasida mazkur ustunlar qatnov qismiga
yaqinlashib qolgani bois avtotransport vositalari harakatiga xalaqit
berayotgani va yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdilar.
 

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi
kiritish va muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish
belgilandi.
 

Muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, uning ijrosi
deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4