Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tumanning “Baymurzayev” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi V.Azmetov tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺Jumladan, hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tomorqadan samarali foydalanish, o‘zini o‘zi band qilish hamda investitsiya loyihalari orqali yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🔺Kengash raisi suhbat davomida aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, yaratilayotgan ish o‘rinlarining barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish va har bir fuqaro bilan natijador ishlash muhimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 1