Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish holati joyida o‘rganildi

Saylovchilar murojaatlari asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov tomonidan aholi hamda ijtimoiy soha obektlarini kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
⚡️O‘rganish jarayonida aholiga gaz ballonlarini belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish sifati, ta’minotda uzilishlar mavjudligi hamda ijtimoiy soha obyektlarining ehtiyojlari tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarning mazkur yo‘nalishdagi fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
⚡️O‘rganishlar davomida suyultirilgan uglevodorod gazini aholiga sifatli va uzluksiz yetkazib berish, ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholining turmush farovonligini ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5