Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Hudud obodligi va aholi murojaati doimiy e’tiborda

Hudud obodligi va aholi murojaati doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyokulov hamda tuman Kengashi deputatlari G.Turdiyeva va A.Abdullayevlar tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur jarayonda hududlardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish va aholi yashash sharoitlarini yaxshilash asosiy maqsad qilib olindi.

O‘rganish ishlari davomida tuman "Suv ta’minoti" korxonasi rahbari M.Odinayev ham ishtirok etib, sohadagi mavjud holatlar yuzasidan mutaxassis sifatida hamrohlik qildi.

"Nurobod" ko‘chasida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda

Xususan, "Quyoshli yurt" mahallasining Nurobod ko‘chasida uzoq kutilgan xayrli ishlar yakuniga yetmoqda. Ayni paytda hududda:

Suv chiqarish uchun barcha zaruriy burg‘ulash va tortish ishlari to‘liq yakunlandi;

Suv inshootining poydevor va tayyorgarlik jarayonlari nihoyasiga yetkazildi;

Hozirda faqatgina yangi suv minorasini (bashnya) o‘rnatish ishlariga so‘nggi tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tez fursatlarda suv minorasi o‘rnatilib, tarmoqqa ulangach, "Nurobod" ko‘chasi aholisining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji to‘laqonli qondiriladi.

Xalq vakillari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligi natijasida hududdagi masalalar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.

Slide 1 of 4