Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Termiz tumanida “Yo‘l xaritalari” ijrosi va ijtimoiy ob’ektlardagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

Termiz tumanida “Yo‘l xaritalari” ijrosi va ijtimoiy ob’ektlardagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda deputat O‘.Omonov ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi yuzasidan manzilli o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar doirasida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning ijrosiga qaratildi.

Asosiy manzillar va amalga oshirilgan ishlar:

Termiz tumani, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi.

Ob’ekt: 34-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish loyihasi.

Loyiha hajmi: Maktab hududida zamonaviy andozadagi 12x24 o‘lchamli sport zali hamda 50 o‘rinli oshxona binosini qurish ishlari.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayni paytda qurilish ishlari belgilangan reja asosida jadallik bilan olib borilmoqda. Jarayon bilan yaqindan tanishgan mutasaddilar ish sifatining yuqoriligi va loyihani yakunlashda hozircha hech qanday muammoli masalalar mavjud emasligini ta’kidladilar.

Ushbu loyihaning bitkazilishi natijasida hududdagi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari va o‘quvchilarning sifatli ovqatlanishlari uchun munosib sharoitlar yaratiladi. Bu kabi o‘rganishlar tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 7