Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORDA NARX-NAVOLAR BARQARORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
RAVON YO‘L — OBOD MAHALLA VA FAROVON HAYOT TIMSOLI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH OMILI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISHNING MUHIM BO‘G‘INI
янв.21
FUQARO MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YO‘L — OBODLIK VA QULAY HAYOTNING MUHIM MEZONI
янв.21
QO‘SHQAND QISHLOG‘IDA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT MAYDONCHASI HOLATI O'RGANILDI
янв.21
YOSHLARNING KELAJAGI BUGUNDAN BOSHLANADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGIGA E’TIBOR QARATILDI
AXBOROT XIZMATI FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Raimova tomonidan tuman hokimi axborot xizmati rahbarining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida axborot xizmatining tuman hokimligi faoliyatini jamoatchilikka ochiq va shaffof tarzda yoritish, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, obodonlashtirish, infratuzilma, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa yo‘nalishlardagi ishlar haqida aholiga tezkor va xolis axborot yetkazish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman hokimligining rasmiy axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlarida ma’lumotlarni muntazam yoritib borish, tayyorlanayotgan xabarlarning mazmuni va sifati, foto va videomateriallardan samarali foydalanish, aholining murojaatlari hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida axborot xizmatining davlat tashkilotlari, tuman Kengashi, mahallalar va jamoatchilik bilan hamkorligini yanada kuchaytirish, muhim jarayonlarni joyidan yoritish hamda aholiga tushunarli shaklda axborot yetkazish bo‘yicha fikr almashildi.

Deputat tomonidan axborot xizmatining faoliyatini yanada takomillashtirish, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka o‘z vaqtida yetkazish, axborotlarning tezkorligi, aniqligi va ishonchliligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1