Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORDA NARX-NAVOLAR BARQARORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
RAVON YO‘L — OBOD MAHALLA VA FAROVON HAYOT TIMSOLI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH OMILI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISHNING MUHIM BO‘G‘INI
янв.21
FUQARO MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YO‘L — OBODLIK VA QULAY HAYOTNING MUHIM MEZONI
янв.21
QO‘SHQAND QISHLOG‘IDA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT MAYDONCHASI HOLATI O'RGANILDI
янв.21
YOSHLARNING KELAJAGI BUGUNDAN BOSHLANADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGIGA E’TIBOR QARATILDI
MAHALLALARDA XATLOV ISHLARI TASHKIL ETILDI

MAHALLALARDA XATLOV ISHLARI TASHKIL ETILDI

9-Oqtosh saylov okrugi deputati, Uychi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori D. Jo‘rayev tomonidan o‘ziga biriktirilgan Tepasaroy va Yangichek mahalla fuqarolar yig‘inlarida xatlov ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishlar tashkil etildi.

Xatlov jarayonida mahallalardagi mavjud holatni o‘rganish, hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni aniqlash hamda mavjud muammolarni joyida ko‘zdan kechirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, mahallalardagi yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rganish, yo‘llardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni belgilash ishlari olib borilmoqda.

Deputat D. Jo‘rayev tomonidan hududlarni obodonlashtirish, yo‘llar holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur xatlov ishlari mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash va hududlarni yanada obod qilishga xizmat qiladi.
 

Slide 1 of 1