Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORDA NARX-NAVOLAR BARQARORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
RAVON YO‘L — OBOD MAHALLA VA FAROVON HAYOT TIMSOLI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH OMILI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISHNING MUHIM BO‘G‘INI
янв.21
FUQARO MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YO‘L — OBODLIK VA QULAY HAYOTNING MUHIM MEZONI
янв.21
QO‘SHQAND QISHLOG‘IDA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT MAYDONCHASI HOLATI O'RGANILDI
янв.21
YOSHLARNING KELAJAGI BUGUNDAN BOSHLANADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGIGA E’TIBOR QARATILDI
EZGULIK MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

EZGULIK MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Dedaxanova tomonidan Ezgulik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mavjud masalalar hamda hududni yanada obod qilish borasidagi taklif va mulohazalari tinglandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, murojaatlarga e’tibor qaratish va muammolarni joyida hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

N. Dedaxanova tomonidan aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning muammolarini hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish choralarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Slide 1 of 1