Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORDA NARX-NAVOLAR BARQARORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
RAVON YO‘L — OBOD MAHALLA VA FAROVON HAYOT TIMSOLI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH OMILI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISHNING MUHIM BO‘G‘INI
янв.21
FUQARO MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YO‘L — OBODLIK VA QULAY HAYOTNING MUHIM MEZONI
янв.21
QO‘SHQAND QISHLOG‘IDA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT MAYDONCHASI HOLATI O'RGANILDI
янв.21
YOSHLARNING KELAJAGI BUGUNDAN BOSHLANADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGIGA E’TIBOR QARATILDI
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bilan ishlash va fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ashurov tomonidan tumanning “Yoshlik” mahallasida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar mahalla raisi bilan birgalikda tahlil qilindi.

🔻O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarini aniqlash va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 67 ta oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, ularning 21 tasi davlat ta’minotidagi oila, 39 tasi kambag‘al oila va 7 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

🔻Mazkur oilalar bilan ishlashda har bir xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holatini inobatga olish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ularning ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlardan biri ham ko‘rib chiqildi. Xususan, fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi uy-joyga bo‘lgan huquqni e’tirof etish hamda tomorqa yerini sug‘orish tizimini tashkil qilish masalalari ko‘tarildi. Ushbu masalalarni hal etishda tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda amaliy yechimlarni izlash muhimligi ta’kidlandi.

🔻Deputat tomonidan mahalla raisiga ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan manzilli ishlashni davom ettirish, ularning muammolarini muntazam o‘rganib borish hamda ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan choralarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1