Ro‘zai ramazon kunlarida qiynalgan oilalarga yordam berish, ularga muruvvat ko‘rsatish, saxovatli bo‘lish, yetimlar boshini silash naqadar ulug‘ savobdir.
Buni qalbdan xis etgan Chinoz tumani hokimi Sherzod Salihov xomiylar yordamida "Tilla topgan" mahallasida yashovchi Ortiqovlar xonadonida iftorlik dasturxoni yozdirdi.
Unga mahallaning piri komillari, qarindosh urug‘laru qo‘ni- qo‘shnilar jamul-jam bo‘lishdi. Dosh qozonda qaynayotgan sumalak atrofida to‘plangan onaxonlar yurtimiz tinch, farzandlarimiz komil inson bo‘lib halqimiz xizmatida bo‘lishlarini tilab niyatlar qilishdi.
Tuman hokimi Sh.Salihov, Хalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati mudiri A.Bahromov va tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi M.Mirsodiqov bilan birga ushbu xonadonning shukronalik dasturxoni atrofida birga bo‘lishdi.Eng qizig‘i hokimimiz sumalak kavlab, yaxshi niyatlar qildi. Sherzod Salihov piru badavlat otaxon va onaxonlarimiz bilan dildan suhbat qurdi.
Darhaqiqat, Ortiqovlar xonadonida tashkil etilgan iftorlik dasturxoni ana shunday serfayz va sermazmun o‘tdi.