🌳Chinoz tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar 2024-yil bahor mavsumida fermer xo‘jaliklar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 301 300 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
🌳Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan dala chetlariga, dala shiyponi atroflariga hamda ariqlar va zovurlar bo‘ylariga 70 000 dan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.